Namangan viloyatida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda

10-06-2026 | 32

Namangan viloyatida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda

#GSBE #GraduateSchool #Women #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Namangan hududiy filiali hamda Mingbuloq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida xotin-qizlar uchun “Tadbirkorlik va biznes asoslari” qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiali hamda Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi o‘rtasida tasdiqlangan hamkorlik kalendar rejasiga muvofiq, hududdagi xotin-qizlarning tadbirkorlik faolligini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar hunarmandchilik, tikuvchilik, asalarichilik, tomorqadan samarali foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

ATB “Mikrokreditbank” Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N. O‘rinboyev tomonidan tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari, biznes-reja tuzish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, kredit mablag‘larini jalb etish hamda imtiyozli moliyaviy vositalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘quv kurslari yakunida ishtirokchilar yakuniy test sinovlaridan o‘tkazildi. Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining sertifikatlari topshirildi.