Yaponiya innovatsion institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

08-06-2026 | 35

Yaponiya innovatsion institutlari bilan  hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

#GSBE #GraduateSchool #Japan #KnowledgeCapital

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi innovatsion tadbirkorlik hamda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 

Ushbu yo‘nalishda Oliy biznes maktabi mutaxassislari va Yaponiyaning “Knowledge Capital” uyushmasi rahbari Takuya Nomura bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida T.Nomura O‘zbekiston startap-ekotizimi joriy holati, Oliy maktab faoliyati hamda innovatsion tadbirkorlik va “yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslar bilan tanishtirildi.

O‘z navbatida, T. Nomura O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining startap-ekotizimini rivojlantirish, raqamlashtirish va “yashil” iqtisodiyotni shakllantirish bo‘yicha tashabbuslarini yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekiston kreativ iqtisodiyotni jadal rivojlantirayotgani ta’kidlandi.  Xorijiy davlatlar, jumladan, Yaponiya innovatsion yondashuvlar, mahsulotlar va texnologiyalar yaratish maqsadida o‘zining kreativ sohalarini qo‘llab-quvvatlamoqda va ularni an’anaviy sohalar bilan uyg‘unlashtirayotgani amaliy natija berayotganligi qayd etildi.

“Knowledge Capital” uyushmasi Osaka markazidagi Umekita shaharchasida joylashgan bo‘lib, ta’lim biznes va davlatni startaplarni birgalikda qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va har tomonlama bilim almashish orqali yangi qiymat yaratish uchun birlashtiradi.

“Knowledge Capital” kreativ yondashuv va innovatsion texnologiyalar orqali qiymat yaratish tamoyili asosida barqaror startaplarni tashkil etishga ko‘maklashadi.

Innovatsion ekotizim, raqamli transformatsiya va barqaror shahar rivojlanishini o‘zida mujassam etgan ushbu yondashuv mamlakatda startaplarni qo‘llab-quvvatlash, raqamlashtirish va “yashil” iqtisodiyotni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyatga ega.

Shuningdek, Knowledge Capital vakillari O‘zbekiston startaplari va innovatsion tadbirkorlik subyektlarining Yaponiya va Osiyo mintaqasi bozorlariga chiqishi uchun mavjud imkoniyatlarni taqdim etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda “Knowledge Capital” uyushmasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning kelgusi yo‘nalishlarini, jumladan, ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yetakchi innovatsion kompaniyalar ishtirokida biznes muloqotlarini tashkil etish, “yashil” shahar boshqaruvi va barqaror rivojlanish sohasida tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekistonning innovatsion subyektlariga Osiyo bozorlariga chiqishda ko‘maklashish masalalarini kelishib oldilar.