Yangiliklar
Andijon viloyatida oilaviy tadbirkorlik loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi
06-06-2026 | 53
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Andijon viloyati hududiy filiali aholini tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda amaliy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni oshirish hamda oilalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.
Mazkur ishlar doirasida hududiy filial tomonidan tashkil etilgan “Tadbirkorlik va biznes asoslari” o‘quv kursiga “Temir daftar”ga kiritilgan A. Ismonov hamda o‘zini o‘zi band qilgan M. Soliyeva jalb etildi.
O‘quv kursi davomida ishtirokchilar tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes-reja ishlab chiqish, moliyaviy savodxonlik, marketing, iste’molchilar talabini o‘rganish hamda o‘z biznesini samarali boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tadbirkorlik g‘oyalarini shakllantirish, biznes loyihalarni tayyorlash va davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Filial mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga biznes-rejalarni ishlab chiqish, loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash, shuningdek, imtiyozli kreditlar, ssudalar va subsidiyalar olish tartibi yuzasidan keng qamrovli maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ko‘rsatilgan ko‘mak natijasida A. Ismonov o‘z xonadonida issiqxona tashkil etdi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 4 ta yangi oilaviy ish o‘rni yaratildi. Bu esa aholi bandligini ta’minlash, oila daromadlarini oshirish hamda hududda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.