5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

05-06-2026 | 69

5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

#GSBE #GraduateSchool #WorldEnvironmentDay #GreenEconomy

Bugun dunyo bo‘ylab World Environment Day keng nishonlanmoqda.

Bu sana insonlarni tabiatni asrash, ekologik muammolarga e’tibor qaratish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi.

1972 yil atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro siyosatning muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Shu yili Stokgolm shahrida inson va atrof-muhit muammolariga bag‘ishlangan birinchi yirik xalqaro konferensiya Stokgolm konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Shu jarayonning davomi sifatida, 1972 yil 15 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi A/RES/2994 (XXVII) rezolyutsiyasini qabul qildi va unga muvofiq 5 iyun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni etib belgilandi.

BMT davlatlar va xalqaro tashkilotlarni har yili shu kunda atrof-muhitni asrash va yaxshilashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishga chaqirdi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish barchamizning umumiy mas’uliyatimiz.Toza havo, sof suv va yashil tabiat kelajak avlodlar uchun eng katta boylikdir.

Biznes va tadbirkorlik sohasida ham ekologik yondashuv tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Yashil iqtisodiyot”, resurslarni tejash va barqaror biznes modellari zamonaviy tadbirkorlikning ajralmas qismiga aylanmoqda.

Barchani tabiatni asrash, chiqindilarni kamaytirish va ekologik madaniyatni rivojlantirishga hissa qo‘shishga chaqiramiz.

Birgalikda barqaror kelajak sari!