Yangiliklar
Buxoroda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yangi yondashuvlar asosida amalga oshirilmoqda
25-05-2026 | 468
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Buxoro hududiy filiali tomonidan viloyatdagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Tadbirkorlikka ilk qadam: tajriba va maslahatlar” mavzusida amaliy mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbir turizm sohasida o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar, o‘z-o‘zini band qilgan aholi hamda kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Asosiy maqsad Buxoro viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, yoshlarni mazkur sohada bandligini ta’minlash hamda innovatsion biznes tashabbuslarni shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.