Yangiliklar
Buxoroda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yangi yondashuvlar asosida amalga oshirilmoqda
25-05-2026 | 783
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Buxoro hududiy filiali tomonidan viloyatdagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Tadbirkorlikka ilk qadam: tajriba va maslahatlar” mavzusida amaliy mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbir turizm sohasida o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar, o‘z-o‘zini band qilgan aholi hamda kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Asosiy maqsad Buxoro viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, yoshlarni mazkur sohada bandligini ta’minlash hamda innovatsion biznes tashabbuslarni shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda Yoshlar ishlari agentligi, AT “Aloqabank”, ATB “Mikrokreditbank” Buxoro viloyati hududiy boshqarmalari mutaxassislari hamda 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda “Golden Degrez”, “Zarif Zulfiya”, “Saodatxon tikuv uyi” kabi muvaffaqiyatli tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ham ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.