Nukusda “Startap asoslari” o‘quv kursi o‘tkazildi

18-05-2026 | 119

Nukusda “Startap asoslari” o‘quv kursi o‘tkazildi

#GSBE #GraduateSchool #Startup #SmallBusiness #Entrepreneurship

2026-yil 18-may kuni Nukus shahridagi Yoshlar ishlari agentligi binosida “Startap asoslari” mavzusida maqsadli o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali hamda Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish agentligi hamkorligida tashkil etildi.

О‘quv kursida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiali bosh mutaxassislari A. Urinbaev va B. Alimov, shuningdek Davlat aktivlarini xususiylashtirish agentligi bosh mutaxassisi B. Juginisov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda ilmiy va amaliy tadqiqotlarning o‘rni, shuningdek zamonaviy texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim vosita sifatida bo‘sh yer uchastkalari va ijaraga beriladigan davlat mulk obyektlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlar orasida startap harakatini ommalashtirish, ularni tadbirkorlik muhitiga integratsiya qilish hamda istiqbolli innovatsion g‘oyalar asosida xususiy biznes subyektlarini tashkil etish masalalari alohida ta’kidlandi.

O‘quv kursi doirasida innovatsion va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlari hamda startap ekotizimini rivojlantirishning asosiy shart va mezonlariga oid batafsil axborot-taqdimot materiallari taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar startap loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, ularni moliyalashtirish hamda innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.