Yangiliklar
MBA IT Business - Janubiy Koreyada o‘qish imkoniyati!
05-05-2026 | 52
2 mamlakat,
2 dastur,
2 diplom.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Janubiy Koreyaning AJOU Universiteti hamkorligida 2026–2027-o‘quv yili uchun “MBA IT Business” Dual Degree xalqaro dasturiga qabul boshlandi!
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida kompaniyalar nafaqat boshqaruvni, balki raqamli texnologiyalarni ham chuqur tushunadigan mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.
Chunki IT biznes boshqaruvida tezkor va samarali strategiyalarni qo‘llash imkonini berib, jarayonlarni optimallashtiradi hamda barqaror o‘sishni ta’minlaydi.
Bugungi kunda muvaffaqiyatga erishayotgan mutaxassislar va liderlar nafaqat texnologiyani chuqur tushunadi, balki ma’lumotlarga asoslangan holda to‘g‘ri va samarali qarorlar qabul qiladi hamda bozorni global darajada tahlil qila oladi. Eng muhimi esa, ular IT va biznesni uyg‘unlashtirib, zamonaviy muhitda raqobatbardosh ustunlikka erishmoqda.
Darslar tajribali o‘zbek va koreyalik professorlar tomonidan olib boriladi.
Ta’lim shakli: Kunduzgi (darslar moslashuvchan)
Murojaat uchun telefonlar: +998 71 239 0315, 55 503 3360