Ariza topşiriş (yangi oynada oçiladi)
Qabul

“Ikki diplom” xalqaro dasturi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Janubiy Koreyaning AJOU Universiteti bilan hamkorlikda 2026-2027-öquv yili uçun “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturi asosida “MBA IT Business” mutaxassisligiga qabul e’lon qilmoqda.

Ta’lim kunduzgi şaklda bölib, birinçi öquv yili (1 va 2-semestrlar) Özbekistonda, ikkinçi öquv yili (3 va 4-qisqa semestrlar) Janubiy Koreyada davom etadi. Dastur yakunida tinglovçilar AJOU Universitetining “MBA IT Business” va Oliy biznes maktabining “MBA Raqamli iqtisodiyot” magistr diplomlarini oladilar. Qöşma ta’lim dasturining bir yillik öqitiş qiymati 4 000 AQŞ dollari hajmida belgilangan.

Uşbu dasturda iştirok etiş istagini bildirgan nomzodlar Oliy biznes maktabining e-tinglovçi.gsbe.uz platformasi orqali hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qilişlari mumkin:

  • Öqitiş xarajatlarini qoplab beradigan davlat boşqaruvi organlari, xöjalik birlaşmalari, nodavlat notijorat taşkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining birinçi rahbarlari imzosi qöyilgan öqitiş uçun kafolat xati;
  • Oliy ma’lumot töğrisidagi hujjatning nusxasi;
  • Pasport yoki ID karta (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
  • Ingliz tilini bilişini tasdiqlovçi IELTS böyiça 5,5 ball, TOEFL böyiça 72 balldan kam bölmagan darajada xalqaro sertifikatlar.

Hujjat qabul qiliş muddati: 2026-yil, 31-iyulgaça.

Öqişga hujjat topşiriş faqat elektron şaklda Oliy biznes maktabining yuqorida keltirilgan qabul platformasi orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oşiriladi.

Ma’lumot uçun telefon: +99871 2390315; 55 5033360

Qabul komissiyasining işlaş jadvali: Duşanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gaça.