Yangiliklar
Termiz shahrida “Startap asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
28-04-2026 | 28
Joriy yilning 28-aprel kuni Termiz davlat universiteti Biologiya fakulteti talabalari uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali tomonidan “Startap asoslari” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda talabalarni startap faoliyatiga jalb etish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat davomida startap tushunchasining mazmuni va uning innovatsion g‘oya asosida shakllanadigan hamda rivojlanishga yo‘naltirilgan faoliyat turi ekani haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, g‘oyani shakllantirish, uni bosqichma-bosqich rivojlantirish, mijoz ehtiyojini aniqlash va unga mos yechim ishlab chiqish jarayonlari amaliy misollar orqali yoritildi.
Tadbir davomida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalar, jumladan IT, sun’iy intellekt va raqamli platformalarning biznesdagi o‘rni haqida ham ma’lumot berildi. Talabalarga startap loyihalarni shakllantirish, ularni bozor talablariga moslashtirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim tavsiyalar taqdim etildi.