Yangiliklar
Xorazm viloyatida elektron tijorat bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
23-04-2026 | 75
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xorazm viloyati hududiy filiali hamda Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish” mavzusida qisqa muddatli amaliy biznes tadbiri o‘tkazildi. O‘quv seminarida viloyatda hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi
Tadbir davomida ishtirokchilarga elektron tijoratda marketing strategiyalari, mahsulotlarni samarali sotish usullari hamda marketplace platformalarida, xususan Wildberries orqali savdoni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi. Shuningdek, mahsulotlarni platformaga joylashtirish, narx belgilash, buyurtmalarni boshqarish va mijozlar bilan ishlash jarayonlari batafsil tushuntirildi.
Seminarda logistika tizimi, to‘lovlarni qabul qilish va qaytarish jarayonlari, shuningdek, tadbirkorlar uchun elektron tijoratdagi mavjud imkoniyatlar yuzasidan ham amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilarning raqamli savdo ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning eksportbop mahsulotlarini keng bozorlarga olib chiqishga xizmat qildi.