Yangiliklar
Kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun katta imkoniyatlar
23-04-2026 | 26
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Kichik va o‘rta biznes subyektlarini xalqaro bozorlarga chiqishga tayyorlash” mavzusida mahorat bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsini xalqaro darajadagi ekspert, chakana savdo va tijoratni rivojlantirish sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, AQShning “37 Oaks” Consulting kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Terrand L. Smith olib bordi.
Mahorat darsi davomida kichik va o‘rta biznes subyektlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishning zamonaviy strategiyalari, AQShning onlayn va chakana savdo bozorlariga kirish mexanizmlari, mahsulotlarni eksportga tayyorlash va ularni xalqaro talablar asosida moslashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mijozlar bilan samarali ishlash, distribyutsiya tizimlarini shakllantirish hamda elektron tijoratni rivojlantirishning innovatsion yondashuvlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etilib, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur mahorat darsi ishtirokchilarga xalqaro biznes yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mahorat darsining amaliy ahamiyati yuqori baholanib, bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.