Marketing va mahsulotlarni samarali sotish bo‘yicha online davra suhbati bo‘lib o‘tdi

21-04-2026 | 199

Marketing va mahsulotlarni samarali sotish bo‘yicha online davra suhbati bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Meeting #Marketing #Sales

2026-yil 21-aprel kuni Termiz tumanidagi “Surxondaryo innovatsion tomorqa maktabi” tinglovchilari uchun “Marketing va mahsulotlarni samarali sotish” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hududiy boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazildi.

Uchrashuvda marketingning asosiy tamoyillari, uning zamonaviy rivojlanish bosqichlari, mijoz segmentatsiyasi va raqobat tahlili kabi mavzular yoritildi. Shuningdek, digital marketing, sotuv voronkasi, brendni shakllantirish, narx strategiyalari hamda mijoz bilan ishlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi..

Tadbir davomida ishtirokchilarga mahsulotni samarali sotish, bozorda raqobatbardosh bo‘lish va amaliy savdo ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek, KPI, analitika va sun’iy intellekt asosida marketingni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yakunida tinglovchilar marketing va sotuv sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha bilimlarini oshirib, o‘z biznes faoliyatida qo‘llash uchun amaliy tushunchalarga ega bo‘ldilar.