Oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha seminar tashkil etildi

16-04-2026 | 94

Oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha seminar tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Navoi #Training #Foodindustry

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Navoiy viloyati hududiy filiali tomonidan “Viloyatda oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni rivojlantirish” mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi va uni kengaytirish istagida bo‘lganlar uchun o‘tkazildiUshbu o‘quv jarayonida oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, uni rivojlantirish hamda savdo hajmini oshirish bo‘yicha muhim jihatlar batafsil tushuntirildi.

Mazkur seminarning asosiy maqsadi hududiy tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga chiqarishga ko‘maklashish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishiga sharoit yaratishdan iborat bo‘ldi.

Kelgusida ham hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida shunday amaliy seminarlarni muntazam ravishda tashkil etish, ishtirokchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirishiga ko‘maklashish rejalashtirilgan.