Elektron tijorat va hunarmandchilik mahsulotlarini onlayn sotish bo‘yicha amaliy biznes tadbir tashkil etildi

13-04-2026 | 113

Elektron tijorat va hunarmandchilik mahsulotlarini onlayn sotish bo‘yicha amaliy biznes tadbir tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Khorezm #Ecommerce #Study

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xorazm viloyati hududiy filiali hamda Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish bo'yicha "Hunarmandchilik mahsulotlarini Wildberries elektron tijorat platformasi orqali sotishga ko'mak” mavzusida qisqa muddatli amaliy biznes tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarda hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga elektron tijoratning zamonaviy imkoniyatlari, marketing strategiyalari hamda mahsulotlarni samarali sotish usullari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, marketpleyslar, xususan Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish bosqichlari atroflicha yoritildi.

Ishtirokchilarga mahsulotlarni platformaga joylashtirish, to‘g‘ri narx belgilash va buyurtmalarni samarali boshqarish jarayonlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, logistika jarayonlarini tashkil etish, to‘lov tizimlari bilan ishlash hamda qaytarish mexanizmlarini boshqarish masalalari ham tushuntirildi.

Seminar yakunida tadbirkorlar elektron tijorat sohasidagi mavjud imkoniyatlar va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha aniq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning kelgusidagi biznes faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.