Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish sari dadil qadamlar
03-04-2026 | 411
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali hamda Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi o‘rtasida imzolangan kalendar-rejaga muvofiq hudud bo‘ylab tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida viloyatdagi xotin-qizlar uchun “Tadbirkorlik va biznes asoslari” qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Jumladan, Davlatobod va Norin tumanlari xotin-qizlar bo‘limlari hamkorligida ushbu hududlardagi xotin-qizlar uchun o‘quv kurslari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashning huquqiy asoslari, biznes-reja tuzish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, kredit va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish hamda o‘z faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish masalalari tushuntirildi. Chekka hududlarda tadbirkor ayollar safini kengaytirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etish hamda tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha yoritildi.