Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida "Mahsulot yaratish va boshqarish" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida "Mahsulot yaratish va boshqarish" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi #GSBE #GraduateSchool #Masterclass #ProductManagement

Tadbir doirasida ishtirokchilar mahsulot yaratishning g‘oyadan tortib bozorga chiqarishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini, bozor tadqiqoti va mijozlar ehtiyojlarini aniqlash usullarini va mahsulotni pozitsiyalash hamda qiymat taklifini shakllantirish tamoyillarini o‘rgandilar.

Uchrashuvda mahsulotni boshqarish vositalari va strategiyalari, jamoaviy ish va mahsulotni ishlab chiqishni rejalashtirishga va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun real hayotdagi holatlarni tahlil qilishga alohida e'tibor qaratildi.

Mahorat darsini ALYANS AUTO kompaniyasining marketing, savdo va xizmat ko'rsatish bo'yicha bosh direktor o'rinbosari Sarvar Sobirovich Qodirov olib bordi. Tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi va mahsulotni boshqarish sohasida tajriba almashish uchun foydali platforma bo'lib xizmat qildi.