Marketing rejalarini ishlab chiqish va boshqarish mavzusida mahorat-darsi bo‘lib o‘tdi

Marketing rejalarini ishlab chiqish va boshqarish mavzusida mahorat-darsi bo‘lib o‘tdi #GSBE #GraduateSchool #Masterclass #MarketingPlan #BusinessStrategy

Biznes va Tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari mehmon ma’ruzachi Kadirov Sarvar Sabirovich boshchiligida «Marketing rejalarini ishlab chiqish va boshqarish: strategiyadan amaliy natijagacha» mavzusidagi mahorat-darsida ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tinglovchilar marketing rejasini to‘g‘ri tuzish bosqichlari, bozor va mijozlarni tahlil qilish usullari, marketing byudjeti samarali taqsimlash hamda KPI asosida natijalarni baholash haqida ma’lumot oldilar. Real biznes misollari orqali strategiyaning amaliy natijaga qanday aylanishini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mahorat-darsi tinglovchilarga nazariy bilimni amaliy tajriba bilan bog‘lash imkonini berdi.