Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Woosong universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Woosong universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar #GSBE #GraduateSchool #Study #WoosongUniversity #SolBridge

Uchrashuv o‘zaro tanishtiruv jarayonlari bilan boshlandi. Tomonlar ikki davlat oliy ta’lim muassasalarining faoliyati, akademik yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik tajribasi hamda ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan uchrashuvda direktor o‘rinbosari Bahrom Xolbayev hamda Woosong universiteti faxriy raisi Sung-Kyung Kim boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Woosong universiteti tarkibida faoliyat yuritayotgan AACSB xalqaro akkreditatsiyasiga ega SolBridge International School of Business hamda Endicott College of International Studies faoliyati yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Mazkur taqdimotlar orqali ushbu ta’lim muassasalarining ta’lim modellari, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari, xalqaro reytinglardagi o‘rni va global akademik hamkorlik tarmoqlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi delegatsiyasiga tanishtirildi.

Muloqot jarayonida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma o‘quv dasturlarini joriy etish, qisqa muddatli professional ta’lim kurslari, Medical management yo‘nalishi hamda Executive MBA kabi ilg‘or boshqaruv dasturlarini hamkorlikda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Koreya Respublikasining biznes, menejment va tadbirkorlik sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda satrategik hamkorlikni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasi, biznes ta’limi va boshqaruv kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu yo‘nalish ikki tomonlama akademik va amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida e’tirof etildi.