Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi #GSBE #GraduateSchool #GraduationCeremony #MasterDegree

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida MBA hamda MSc magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy biznes maktabi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchilar ishtirok etdi.

Marosim O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. So‘ng tadbirni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining o‘rinbosarlari Xolboyev Baxrom Avazbayevich hamda Adilov Mirkomil Miralimovich kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Tadbir davomida rahbariyat va professor-o‘qituvchilar magistratura bosqichining oliy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritib, ilm yo‘lida mashaqqatli, ammo sharafli bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan 380 nafar bitiruvchini samimiy tabrikladilar. Ularga kelgusi kasbiy faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar, yangi marralar va ulkan zafarlar tiladilar.

Tantanali marosim Oliy biznes maktabi rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va bitiruvchilari ishtirokidagi esdalik fotosessiyasi bilan yakunlandi.

Barcha bitiruvchilarimizni ushbu muhim yutuq bilan yana bir bor tabriklab, professional faoliyatlarida omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!