Soliq stavkalari va yangi tashkil etilgan korxonalarga soliq rejimini tanlash bo‘yicha seminar-trening

Soliq stavkalari va yangi tashkil etilgan korxonalarga soliq rejimini tanlash bo‘yicha seminar-trening #GSBE #GraduateSchool #Taxrates #Study

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida MBA magistratura mutaxassisliklari (Moliyа, Global menejment va Raqamli iqtisodiyot) tinglovchilari uchun “Soliq stavkalari va yangi tashkil etilgan korxonalarda soliq rejimini tanlash va qo‘llash bo‘yicha takliflar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori B.I. Quvondiqov, Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori F.M. Boboyev hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Loyiha boshqaruvi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari B.B. Alimov va T.B. Imomkulov ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida tinglovchilar QQS, foyda solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, ijtimoiy soliqlar, mol-mulk solig’i, yer solig’i, suv resurslaridan foydalanish solig’i, aktsiz solig’i, yer qa’ridan foydalanish solig’i va aylanmadan olinadigan soliqlar kabi turli soliq turlari va ularning stavkalari bilan tanishdilar. Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun kassa apparati orqali QR kodli to‘lovlar va soliq deklaratsiyalarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tinglovchilar savol-javob jarayonida faol ishtirok etib, soliq masalalari bo‘yicha batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Mashg‘ulot davomida ular o‘z faoliyat sohalaridagi real vaziyatlar (case-study) asosida muhokamalarda qatnashib, amaliy topshiriqlar orqali soliq tizimi, stavkalar va hisobot topshirish jarayonlari bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Seminar-trening yakunida tinglovchilar soliq tizimi bo‘yicha o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, turli masalalarini real holatlarda qo‘llash bo‘yicha tajriba orttirdilar. Bunday interaktiv mashg‘ulotlar tinglovchilarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni o‘rganish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.