Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi hamda 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi hamda 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari, xodimlari va magistratura tinglovchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, targ‘ibot-profilaktika ishlarini takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy-nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, polkovnik – Qobilov Sharif Rahimovich ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining o‘rinbosari Bahrom Avazbaevich Xolboev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-60-son Farmoyishiga muvofiq, “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan hayotiy shior asosida keng nishonlanayotganligini ta’kidladi.
Konstitutsiyamiz — bu xalqimizning erkinligi, huquqlari va manfaatlarini kafolatlovchi muqaddas hujjatdir. U O‘zbekistonning demokratik taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi va xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotganini alohida qayd etib o‘tdi.