Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura tinglovchilarining Oliy Majlis qonunchilik palatasiga tashrifi
04-12-2025 | 336
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining MBA – Global menejment magistratura yo‘nalishi tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ishtirokchilar parlamentning tuzilishi, qonunchilik jarayonining bosqichlari va deputatlarning amaliy faoliyati bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.