Yangiliklar
"Raqamli texnologiyalar vazirligi"ga tashrif: nazariya va amaliyot uyg'unligi

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonini amaliy mashg‘ulotlar bilan uzviy bog‘lash va tinglovchilarning ko‘nikmalarini real tajribalar asosida oshirishdan iborat.
Tashrif davomida mutaxassislar tomonidan vazirlik, IT Park va Uzinfocom faoliyati, erishilgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tinglovchilar raqamli texnologiyalar sohasidagi innovatsion loyihalar va zamonaviy tendensiyalar bilan yaqindan tanishib, o‘z bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashrif MBA dasturi tinglovchilariga nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki real sektor bilan bevosita ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham muhim tajriba bo‘ldi.
