Loyiha boshqaruvi

Sadriddinov Baxtiyor
Badriddinovich
Kafedra mudiri
-
Umumiy ma’lumot
Shaxsiy fazilatlari: Yetuk mutaxassis, lider, spikerlik qobiliyatiga ega, salohiyatli rahbar, jamoat ishlarida faol, tashabbuskor, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehribon va g‘amxo‘r, xushmuomala, kamtar, doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqatli
Shaxsiy yutuqlari: 30 yildan ortiq Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi loyihalarida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (transport, energetika, shaharsozlik, bojxona va boshqalar) ekspert va muvofiqlashtiruvchi (koordinator) sifatida ishlagan.
Qiziqishlari: sport, turizm va sayohat, ilmiy ommabop adabiyotlar
-
Kafedraning maqsadi va vazifalari
Kafedraning maqsadi: Turli soha va tarmoqlarda strategik investision loyiha va dasturlarni ishlab chiqish, operasion jarayonlarni samarali boshqaradishga qodir malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning vazifalari:
tinglovchilarga sifatli va samarali ta’lim berish asosida turli soha va tarmoqlarda strategik fikrlash qobilyati va tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lish;
tinglovchilarda turli soha va tarmoqlarda operasion jarayonlarni samarali boshqarish va tegishli echimlar bera olish;
turli loyihalar bo’yicha xalqaro va mahalliy standartlar va usullar doirasidagi bilim va ko’nikmalariga ega bo’lish;
soha va tarqmoqlarni rivojlantirishda investision loyihalar boshqarish va xavf-xatarlarni tahlil qilish hamda bartaraf qilish konikmalariga ega bo’lish;
loyiha boshqaruvi hamda strategik/operasion menejment fanlarida yetakchi sanoat kompaniyalardagi jarayonlar va investision loyihalar asosida mashg’ulotlarni olib borish.
-
Kafedrada o'tiladigan fanlar
Kafedrada o‘tiladigan fanlar:
Loyiha boshqaruvi asoslari;
Amaliy loyihalar boshqaruvi;
Loyiha risklarini boshqarish;
Loyihalarni moliyalashtirish;
Strategik va operatsion menejment;
Raqamli loyiha boshqaruvi;
Startap loyihalarni boshqarish;
Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish;
Biznesda davlat va xususiy sheriklik.
-
Kafedra o'qituvchilari
-
Sadriddinov Baxtiyor Badriddinovich
Kafedra mudiri
Dotsent
-
Alimov Bakhodir Batirovich
Dotsent
-
Kasimov Ikboljon Ilham o‘g‘li
Dotsent
-
Kurbanova Dilfuza Maxsudovna
Dotsent
-
Xolboev Baxrom Avazbaevich
Dotsent
-