Rasulova Dilfuza Valiyevna

Kafedra mudiri

  • Umumiy ma’lumot

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasi 2024-yil 1-martda tashkil etildi. Kafedraning Nizomida uning huquqiy maqomi, maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari, uning faoliyatini tashkil etish tartibi, kafedra xodimlarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilangan.

    Kafedra Oliy maktabning tayanch tarkibiy bo‘linmasi maqomiga ega bo‘lib, “Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasida magistraturaning “Moliya”,  “Global menejment”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Raqamli iqtisodiyot” va “Agrobiznes” sohalari bo‘yicha magistrlar tayyorlash va yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlari hamda Oliy maktabning boshqa bo‘linma (boshqarma va bo‘limlari, filial)lari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

  • Kafedraning maqsadi va vazifalari

    Kafedra faoliyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, innovasion rivojlanish, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy o‘quv yili bo‘yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalarni tuzish va ularni kafedra tomonidan bajarishga oid masalalar va kafedra mudiri tomonidan yuklatilgan, ular bilan bog‘liq vazifa, topshiriq va funktsiyalarning bajarilishi kafedra majlislarida muhokama etiladi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.

    Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy hujjat hisoblanib, u o‘z ichiga o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni qamrab oladi.

    Professor-o‘qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o‘tish, lavozimlarga tavsiya etish jarayonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilish darajasi va reytingi asosiy mezonlardan hisoblanadi.

    Kafedraning maqsadi - kafedraning mutaxassislik va faoliyat yo‘nalishlari doirasida sifatli bilim, amaliy ko‘nikma va malakaga ega xalqaro va milliy iqtisodiyotning rivojlanish talablariga javob beruvchi oliy ma’lumotli va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash negizida O‘zbekiston Respublikasi va Oliy maktab nufuzi, uning reyting mavqyeini xalqaro miqyosda ko‘tarilib borilishini ta’minlashdan iborat.

    Kafedraning asosiy vazifasi - bu kafedraning ixtisoslik yo‘nalishlari bilan bog‘liq o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, innovasion rivojlanish, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarini sifatli bajarish, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy strategik rivojlanish dasturlari, ilm-fan va innovasion loyihalar bajarilishida faol ishtirok etish.

  • Kafedraning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

    Yo‘nalish tavsifi:

    Moliya – bu pul, investitsiyalar va boshqa moliyaviy aktivlarni boshqarish bilan shugʻullanadigan soha. U resurslarni taqsimlash va risklarni boshqarish boʻyicha asosli qarorlar qabul qilish uchun moliyaviy ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va talqin qilishni oʻz ichiga oladi. Moliya ham shaxsiy, ham korporativ moliya bilan bogʻliq boʻlib, sarmoya, bank, sugʻurta, koʻchmas mulk, buxgalteriya hisobi va iqtisod kabi keng koʻlamli mavzularni qamrab oladi.

    Yo‘nalish maqsadiDasturning asosiy maqsadi - kasbiy tayyorgarlik va turli xil fanlarni oʼrganish jarayonida olingan nazariy bilimlarni doimiy ravishda rivojlantirish va ulardan davlat, korporativ va shaxsiy moliya sohasida amaliy foydalanishdir.Shu bilan bir qatorda, quyidagilar ham yoʼnalish maqsadi hisobladi.

    • tinglovchilarni moliya va moliyaviy munosabatlarning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari bilan tanishtirish;

    • yuqori malakali moliyachilarni tayyorlash, tinglovchilarning davlatning amaldagi moliyaviy siyosatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha koʼnikma va malakalarini rivojlantirish;

    • iqtisodiyotdagi dolzarb moliyaviy muammolarni optimal yechimini topish maqsadida tinglovchilarning tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;

    • tinglovchilarning hozirgi faoliyatida olgan bilimlarini amaliyotda qoʼllash koʼnikmalarini rivojlantirish;

    • Uzluksiz oʼqish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojini rivojlantirish;

    Taʼlim"Moliya" fanining oʼquv dasturi moliya, matematika va biznes fanlari oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlikda taqdim etilgan. Tinglovchilar klassik, zamonaviy iqtisodiy tamoyillar va nazariyalar bilan tanishadilar. Dastur doirasida ular davlat va korporativ moliyani oʼrganadilar. Magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagandan soʼng, bitiruvchilar korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish va ilmiy loyihalar ustida ishlash koʼnikmalariga ega boʼladilar.

    Ilmiy yo‘nalishlar

    Investitsion banklar Korporativ moliyaRisklarni boshqarishMoliyaviy rejalashtirish va tahlil (FP&A)Aktivlar boshqaruviSugʻurtaKoʻchmas mulkBuxgalteriya hisobiSavdo va sanoat sohalariMoliyaviy maslahat xizmatlariShuningdek, davlat tashkilotlari, notijorat tashkilotlarning moliyaviy boshqaruvida ham faoliyat olib boradilar.

    Tinglovchilar kontingenti :

    • Davlat tashkilotlari moliya boʼlimlari, boshqaruv organlari moliya boʼlimlari, byudjet tashkilotlari, tijorat banklari, sugʼurta kompaniyalari, konsalting agentliklari, brokerlik kompaniyalari;

    • Yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalarning vakolatxonalari va dilerlik markazlarining moliyaviy resurslarni boshqarish bilan shugʼullanuvchi boʼlimlarida;

    • Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi, soliq inspeksiyalari, mahalliy moliya boʼlimlarida;

    • Elektron tijorat bilan shugʼullanuvchi kompaniyalarda;

    • Ilmiy tadqiqot tashkilotlari, turli jamoat tashkilotlari, fondlari.

  • Kafedrada o'tiladigan fanlar

    A1) “Biznesni boshqarish MBA (global menejment)” mutaxassisligi magistrlari uchun asosiy fanlar: Moliya, Moliyaviy menejment, Inson resurslarini boshqarish, Boshqaruv hisobi, Strategik va operasion menejment, Soliqlar va soliqqa tortish, Audit va kafolatlash, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi hamda Islom moliyasi.

    A2) “Biznesni boshqarish MBA (global menejment)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Moliyaviy menejment, Inson resurslarini boshqarish, Boshqaruv hisobi, Strategik va operasion menejment, Soliqlar va soliqqa tortish, Audit va kafolatlash, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi hamda Islom moliyasi, Korporativ tadbirkorlik va biznes modellari, Xalqaro biznes.

    B1) “Biznesni boshqarish MBA (moliya)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Banklar va moliya muassasalarini boshqarish, Boshqaruv hisobi va moliyaviy menejment, Moliyaviy hisobot tahlili va MHXS, Korporativ moliya, Strategik va operasion menejment, Derivativlar, risklar va xedjirlash, Inson resurslarini boshqarish, Global moliya bozorlari.

    B2) “Biznesni boshqarish MBA (moliya)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Loyihaviy moliyalashtirish, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat, Islom moliyasi, Moliya huquqi, Investision banking, Raqamli moliya, Biznesda davlat va xususiy sheriklik, Xalqaro moliya bozorlari.

    C1) “Biznesni boshqarish MBA (kichik biznes va tadbirkorlik)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Biznes huquqi, Inson resurslarini boshqarish, Marketing menejmenti, Tadbirkorlik va kompaniyani boshqarish,Tadbirkorlik moliyasi va menejmenti, Korporativ tadbirkorlik va biznes modellari, Elektron tijorat va raqamli marketing, Startap loyihalarni boshqarish, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi.

    C2) “Biznesni boshqarish MBA (kichik biznes va tadbirkorlik)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Loyihaviy boshqaruv asoslari, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat, Biznesda raqamli boshqaruv, Xalqaro biznes, Kichik biznesda eksport-import operasiyalari, Boshqaruv hisobi va moliyaviy menejment, Biznes inkubatorlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish, Kichik biznesda innovatsion loyihalar.

    D1) “Loyiha boshqaruvi (Project Management)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Loyihaviy boshqaruvning asoslari, Loyihaviy moliyalashtirish, Loyiha boshqaruvida strategiya, Loyihaviy boshqaruvning metodologiyasi, Inson resurslarini boshqarish, Strategik va operasion menejment, Startap loyihalarni boshqarish, Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi.

    D2) “Loyiha boshqaruvi (Project Management)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Innovasiyalarni boshqarish, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat, Loyihada shartnomalarni boshqarish, Loyiha jamoasini boshqarish, Loyihada risklarni boshqarish, Amaliy loyihaviy boshqaruv, Loyiha boshqaruvida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, Biznesda davlat va xususiy sheriklik.

    E1) “Biznesni boshqarish MBA (agrobiznes sohasi)” mutaxassisligining asosiy fanlari: Korporativ boshqaruv. Inson resurslarini boshqarish, Marketing menejmenti, Strategik va operasion menejment, Agrobiznesda asosiy texnologiyalar, Agrobiznesda eksport va import operasiyalari, Agrobiznesda yer, suv va mulkiy munosabatlar, Raqamli agrobiznes, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi.

    E2) “Biznesni boshqarish MBA (agrobiznes sohasi)” mutaxassisligining tanlov fanlari: Biznes huquqi, Boshqaruv etikasi va korporativ madaniyat. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari, Agrar sohada tadbirkorlik, Boshqaruv hisobi va moliyaviy menejment, Agrobiznesda startap loyihalar, Biznesda davlat va xususiy sheriklik kabi va boshqa yangi zamonaviy qo‘shiladigan fanlar o‘qitiladi.

  • Ilmiy yo‘nalishlar

    Kafedra quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ish olib boradi:

    • Moliyaning mohiyati.  Moliyaning funksiyalari. Moliyaning obyektiv zarurligi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan foydalanish. Takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy jihatdan ta’minlash masalalari.

    • Markazlashtirilgan moliyaviy resurslar va ularning manbalari, Markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar va ularning manbalari. Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi masalalari.

    • Moliyaviy rezerv va ularning iqtisodiyotdagi ahamiyati. Moliyaviy bozor, moliyaviy resurslarni jalb etishda va taqsimlashda uning roli. Hududlararo va tarmoqlararo moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashni zarurligi. Moliya mexanizmi va uning tarkibiy qismlari. Hozirgi davrda davlatning moliya siyosati. Moliyaviy inqirozlarning paydo bo‘lish sabablari. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari. Operativ moliya boshqaruv tizimi. Moliyaviy rejalashtirish uning vazifalari va uslublari.

    • Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati. Auditorlik nazoratining vujudga kelishi va rivojlantirish yo‘llari. Tijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar moliyasi. Korxonalarning moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish. Amortizatsiya ajratmalarining shakllanishi va foydalanishdagi muammolar.

    • Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasini tashkil etish. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini doiraviy aylanishini moliyaviy manbalari bilan ta’minlash. Aylanma mablag‘larni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Foydani taqsimlash va undan foydalanish.

    • Tijorat asosida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni moliyaviy rejalashtirish. Notijorat asosida faoliyat ko‘rsatadigan muassasalarning moliyaviy rejasining xususiyatlari.

    • Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va uning funksiyalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta munosabatlarini rivojlantirish masalalari. Majburiy sug‘urtaning iqtisodiy ahamiyati.

    • Shaxsiy sug‘urtaning ahamiyati va bozor xo‘jaligida rivojlantirish yo‘llari. Sug‘urta tarmoqlari jamiyat hayotida ularning roli. Ijtimoiy sug‘urtaning mohiyati va ahamiyati. Tibbiy sug‘urta. Sug‘urta bozorini rivojlantirish muammolari.

    • Investitsion muhitni ta’minlashning moliyaviy shart-sharoitlari. Xorijiy investorlarga beriladigan moliyaviy yengilliklar. Respublikaning xalqaro fondlarda ishtirok etishining iqtisodiy ahamiyati.

  • Kafedra shtati

    Kafedra faoliyatiga mos keluvchi o‘n besh nafar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ular:

    • professor ilmiy unvoni yoki fan doktori (DSс) ilmiy darajasiga;

    • fan nomzodi (falsafa fanlari doktori (PhD)) ilmiy darajasi yoki dosent ilmiy unvoniga;

    • tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (PhD)ga ega bo‘lishi lozim.

    Kafedra Oliy maktabning direktoriga, uning o‘rinbosarlariga bo‘ysunadi hamda magistratura dasturlarini amalga oshirish va o‘quv uslubiy hamda xalqaro aloqalar bo‘limlari bilan hamkorlik qiladi. Kafedra o‘z faoliyatida Oliy maktabning bo‘limlari tomonidan ularga xos xizmatlar ko‘rsatilishini talab qilishga haqli.

    Kafedraning mudiri Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

    Kafedrani odatda, fan doktori (DSс) va istisno tariqasida tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (DSс)ga ega bo‘lgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.

    Fan nomzodi (falsafa fanlari doktori (PhD)) ilmiy darajasiga ega professor yoki dosent (katta ilmiy xodim) ilmiy unvoniga, tegishli ixtisoslik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (PhD)ga ega bo‘lgan shaxslar kafedra mudiri lavozimiga mehnat faoliyati davomida vaqtinchalik tayinlanishi mumkin. Kafedra mudiri lavozimiga saylangan fan doktori (DSс) ilmiy darajasiga ega professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan kafedra mudiri bundan istisno bo‘lib, u 5 yilga tayinlanishi mumkin.

    Kafedra mudiri bo‘lmagan vaqtda (ta’til, kasallik, xizmat safari va boshq.) yoki muddatidan oldin lavozimidan ozod etilganda uning vazifalari kafedra jamoasi taklifi asosida direktor tomonidan tayinlangan shaxsga vaqtincha yuklatiladi.

    Kafedrani boshqarish kafedra mudirining bosh vazifasi hisoblanadi va uni bajarish uchun kafedra a’zolari (professor, dosent lavozimlarida ishlovchi professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi xodimlar hamda kafedraga biriktirilgan doktorant (DSс), tayanch doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, stajyorlar)ga lavozim funktsiyalarini kafedraning maqsadi va vazifalari, ixtisoslik va faoliyat yo‘nalishlari doirasida hamda kafedra oldiga Oliy maktab rahbariyati tomonidan qo‘yilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi.

    Kafedra a’zolarining bosh ma’suliyati - bu ularga kafedra mudiri tomonidan yuklatilgan topshiriq va vazifalarni bajarish.

    Kafedra faoliyati va uni boshqarilishi jarayonida yuzaga keladigan masalalar kafedra majlisida muhokama qilinadi va ularni bajarish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.

    Kafedra majlisi joriy o‘quv yilining  istalgan vaqtida ishlab chiqarish zaruriyatdan kelib chiqib o‘tkaziladi va kafedra mudiri raisligida olib boriladi hamda  bayonnoma bilan rasmiylashtirilib boriladi.

    Kafedraning navbatdan tashqari majlislari Oliy maktab rahbari yoki kafedra mudiri yohud kafedra professor-o‘qituvchisi tashabbusi bilan u tomonidan asoslangan kun tartibi masalalari bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.

    Kafedra mudiri tomonidan kafedra majlislarining alohida masalalari muhokamasi uchun boshqa tegishli kafedralar professor-o‘qituvchilari, Oliy maktabning tegishli bo‘linmalari xodimlari hamda tashqaridan tegishli olim va mutaxassislar taklif etilishi mumkin.

    Kafedra majlisi reglamentiga rioya qilish va unda qabul qilingan qarorlarni bajarish kafedra mudiri va a’zolari uchun majburiydir.

  • Kafedra o'qituvchilari
    • Bobaqulov To'lqin Ibodullayevich

      Bobaqulov To'lqin Ibodullayevich

      Professor

    • Rasulova Dilfuza Valievna

      Rasulova Dilfuza Valievna

      Kafedra mudiri

      Professor

    • Karakulov Farxod Zaypudinovich

      Karakulov Farxod Zaypudinovich

      Dotsent

    • Toshpulatov G'iyos Toxirovich

      Toshpulatov G'iyos Toxirovich

      Dotsent

    • Saydaliev Hayot Tohirovich

      Saydaliev Hayot Tohirovich

      Dotsent

    • Imomkulov To‘lqin Burxonovich

      Imomkulov To‘lqin Burxonovich

      Dotsent

    • Imomnazarov Jaxongir Muxamedovich

      Imomnazarov Jaxongir Muxamedovich

      Dotsent