Ariza topshirish
Bo‘limlar

Sifat nazorati va akkreditatsiyalash boʻlimi

Bo‘lim boshlig‘i

Alimov Akbar Muxammatovich

Bo‘lim haqida

Bo‘lim ta’lim sifati tizimini yuritadi va milliy hamda xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlaydi.

Umumiy ma’lumotlar

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy biznes maktabining buyruqlariga shuningdek, ichki Nizomga amal qiladi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini Oliy biznes maktabi direktori rahbarligida amalga oshiradi. Bo‘lim vakolatidagi masalalar Oliy biznes maktabi rahbariyati va Bo‘lim boshlig‘i tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Bo‘lim o‘z faoliyatini Oliy biznes maktabining boshqa tarkibiy bo‘linmalari va kafedralari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Bo‘limning asosiy maqsadlari
  • Xalqaro ta’lim standartlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilish, AACSB (Universitetlarning biznes maktablarini rivojlantirish assotsiatsiyasi), AMBA (MBA assotsiatsiyasi) va biznes ta’lim sifatini baholovchi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oliy biznes maktabini akkreditatsiyadan o‘tkazish;
  • Oliy biznes maktabi tinglovchilari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rish;
  • Oliy biznes maktabining ta’lim tizimi va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
  • Biznesni boshqarish ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy reytinglarda qatnashishni ta’minlash va yuqori o‘rinlarni egallash chora-tadbirlarini ko‘rish.
Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha vazifalari
  • Oliy biznes maktabida ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari (DTS) va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish;
  • Ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
  • Tinglovchilar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
  • Professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Professor-o‘qituvchilar tayanch ma’lumotlarining dars berayotgan fanlariga mosligi hamda o‘quv yuklamalarining adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;
  • O‘quv jarayonini me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS axborot tizimidan foydalanish samaradorligini (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi) o‘rganib borish;
  • Malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
  • Oliy biznes maktabini ichki baholashni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni rahbariyatga taqdim etish;
  • Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
  • Ta’lim sifatini ta’minlash masalalari bo‘yicha yuqori turuvchi davlat muassasalarining (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi kabi) qonun doirasida talab qilgan ma’lumot va hisobotlarini Oliy biznes maktabi rahbariyati ruxsati bilan mazkur muassasalarga taqdim etish;
  • Ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Oliy biznes maktabi rahbariyatiga taqdim etish.
Akkreditatsiya masalalari bo‘yicha vazifalari
  • Mahalliy va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish jarayonida barcha kafedra va bo‘limlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlarining akkreditatsiyasini olish va biznes maktablarning reytinglariga kirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda xalqaro akkreditatsiyani olishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish.
Ta’lim sifati nazorati bo‘yicha funksiyalari
  • Oliy biznes maktabida ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • Asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi;
  • Ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda tinglovchi, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi va uning natijasi asosida takliflar tayyorlaydi;
  • Professor-o‘qituvchilar tayanch ma’lumotlarining dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni rahbariyatga taqdim qiladi;
  • Yuqori turuvchi tashkilot so‘rovi asosida oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Akkreditatsiya masalalari bo‘yicha funksiyalari
  • Oliy biznes maktabini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va global reytinglarga kirish jarayonidagi hujjatlarni tayyorlashda faol ishtirok etadi, kafedra va bo‘limlarning ma’lumotlarini muvofiqlashtiradi;
  • Oliy biznes maktab faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning biznes maktablar jahon reytingida munosib o‘rin egallashi va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
  • Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish va Oliy biznes maktabining reytingini xalqaro darajaga ko‘tarish uchun tajribali professor-o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshiradi;
  • Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi.
Bo‘limning huquqlari
  • Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Oliy biznes maktabi tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;
  • Tinglovchilarni o‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dastur (sillabus)larini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o‘rganish;
  • Attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;
  • Ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;
  • O‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS axborot tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish;
  • Akkreditatsiya masalalari va ta’lim sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminarlarda ishtirok etish;
  • Ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
Bo‘limning majburiyatlari
  • Mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarish;
  • Qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;
  • “Edo.ijro.uz” idoralararo monitoring va tezkor nazorat tizimidan foydalangan holda nazorat hujjatlarini yuritishda ijro intizomiga rioya qilish (1, 2, 3-kartotekalar), bo‘limga yuklatilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
  • “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq bo‘limda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish;
  • Bo‘lim qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Faoliyatni tashkil etish va boshqarish

Bo‘lim 3 nafar xodim: bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar bosh mutaxassisdan iborat. Bo‘limni Oliy biznes maktabi direktorining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan bo‘lim boshlig‘i boshqaradi.