Yangiliklar
AQSh, Kansas shahri Crossland College of Technologyga tashrif
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari AQShda tashkil etilgan malaka oshirish dasturi doirasida Crossland College of Technology o‘quv muassasasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilarga kollejning faoliyati, unda o‘qitiladigan texnik yo‘nalishlar va zamonaviy o‘quv jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, delegatsiya a’zolari avtomobil texnologiyalari, muhandislik texnologiyalari, konstruktsiya va qurilish ishlari, texnik grafikalar, kommunikatsiya texnologiyalari hamda texnologik ta’lim yo‘nalishlarida qo‘llanilayotgan metodikalar bilan yaqindan tanishdilar.