Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilarining “Texnopark” sanoat majmuasiga amaliy tashrifi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari o‘quv jarayonining amaliy bosqichi doirasida “Texnopark” sanoat majmuasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar majmuaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik yechimlar va innovatsion ishlab chiqarish tizimlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, tinglovchilar maishiy texnika va turar-joy hamda jamoat obyektlari uchun mo‘ljallangan muhandislik tizimlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi.