Yangiliklar
“Texnopark” ga amaliy tashrif
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari o‘quv jarayonining amaliy bosqichi doirasida “Texnopark” sanoat majmuasiga tashrif buyurishdi.
Tashrifning maqsadi — zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Bunday tashriflar tinglovchilar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.