“Xaridlar va davlat tenderlarida ishtirok etish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

“Xaridlar va davlat tenderlarida ishtirok etish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi #GSBE #GraduateSchool #Masterclass #Tenderprocurement

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Xaridlar va davlat tenderlarida ishtirok etish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda mehmon ma’ruzachi sifatida Komol Niyazov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimi qanday ishlashi, tenderlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish hamda buyurtmalarni yutib olish yo‘llari bilan tanishdilar. Shuningdek, tinglovchilar davlat xaridlari tizimining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, tender bozorining hozirgi rivojlanish holati va davlat xaridlari hamda tender faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Mehmon ma’ruzachi davlat xaridlari jarayoniga oid amaliy misollar, real tajribalar va ilg‘or xorijiy yondashuvlar asosida tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalarining xaridlar sohasini hamda jarayonlarning shaffofligini qanday o‘zgartirayotgani haqida dolzarb misollar bilan o‘rtoqlashdi.

Tinglovchilar case studylar asosida tahliliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliy misollar bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tinglovchilar davlat xaridlari va tender faoliyatining dolzarb jihatlari, yangi yo‘nalishlar, samarali strategiyalarga oid savollariga batafsil javoblar oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mahorat darsining amaliy ahamiyatini yuqori baholab, bunday uchrashuvlar bilim va ko‘nikmalarni kengaytirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.