«Xaridlar va davlat tenderlarida ishtirok etish» mavzusida mahorat darsi.

«Xaridlar va davlat tenderlarida ishtirok etish» mavzusida mahorat darsi. #GSBE #GraduateSchool #Masterclass #Tenderprocurement

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

Sizlarni «Xaridlar va davlat tenderlarida ishtirok etish» mavzusida o‘tkaziladigan mahorat darsi uchrashuviga taklif etamiz. Dasturimizning mehmon maruzachisi — Komol Niyazov.

Mahorat darsida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va amaliy tajriba olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

- O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimi qanday ishlashi;

- Tenderlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish va buyurtmalarni yutib olish yo‘llari;

- Sun’iy intellekt xaridlar sohasini va jarayonlarning shaffofligini qanday o‘zgartirayotgani.

Komol Niyazov13 yillik tajribaga ega tadbirkor va jamoat arbobi, Tender Academy va TenderZone LLC asoschisi, 3 mingdan ortiq mutaxassislarni o‘qitgan trener va maslahatchi. U, shuningdek, Tender AcademyO‘zbekiston va MDHda xaridlar bo‘yicha ta’limni modernizatsiya qiluvchi sun’iy intellekt asosidagi EdTech platformasining asoschisi hisoblanadi.

Tadbir rus tilida olib boriladi.

Sana: 6-noyabr, 2025-yil

Vaqti: 14:00 - 15:20

Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi,(5 qavat, 4 - auditoriya)