Yangiliklar
“UzAuto Motors Powertrain” AJ korxonasiga tashrif
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tinglovchilari amaliy o‘quv jarayoni doirasida “UzAuto Motors Powertrain” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida tinglovchilar zavodning ishlab chiqarish liniyalari, dvigatel yig‘ish jarayonlari va ilg‘or texnologik yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Kompaniya mutaxassislari tinglovchilarga dvigatel ishlab chiqarishning har bir bosqichi — dizayn, yig‘ish, sinov va sifat nazorati jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, avtomobilsozlik sanoatida qo‘llanilayotgan zamonaviy innovatsion yechimlar hamda ishlab chiqarishning raqamlashtirilgan boshqaruv tizimini namoyish etishdi.
Tashrif yakunida tinglovchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, korxonaning texnologik rivojlanish darajasi va zamonaviy ishlab chiqarish tizimlari ularda katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidladilar.