Yangiliklar
“Rozmetov Z.M” korxonasiga amaliy tashrif
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari amaliy o‘quv jarayoni doirasida O‘zbekistonning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri — «Rozmetov Z.M» MChJga tashrif buyurishdi.
Tashrifning asosiy maqsadi — tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish va zamonaviy menejment, innovatsion va raqamli yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.
«Rozmetov Z.M» MChJ mamlakatimizda yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda faol ishtirok etayotgan korxonalardan biridir. Tashrif davomida tinglovchilar ishlab chiqarish, texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi hamda korxonaning boshqaruv modeli bilan tanishdilar.
Korxona rahbariyati tinglovchilarga o‘z faoliyati, yutuqlari va kelgusidagi rivojlanish rejalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, o‘zaro savol-javob shaklida fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tashrif tinglovchilarga amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan ilg‘or ishlab chiqaruvchi korxonalarning tajribasini o‘rganish imkonini berdi.