Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida sug‘urta faoliyatining huquqiy asoslariga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda “NEO INSURANCE CORP” AJ korporativ boshqaruv direktori, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD Xasanov Farrux Ravshanovich ma’ruzachi sifatida qatnashdi.
Uchrashuv davomida tinglovchilar O‘zbekiston moliya bozorida sug‘urta tizimining o‘rni, bozorning hozirgi rivojlanish holati hamda mamlakatda sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar bilan tanishdilar. Shu bilan birga, mehmon ma’ruzachi sug‘urta faoliyatiga oid amaliy misollar, real tajribalar hamda ilg‘or xorijiy yondashuvlar asosida tahliliy ma’lumotlar taqdim etdi. Тinglovchilar case studylar asosida tahliliy mashg‘ulotlarda qatnashib, nazariy bilimlarini amaliy misollar orqali mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek tinglovchilar sug‘urta faoliyatining dolzarb jihatlari, yangi yo‘nalishlar, investitsion imkoniyatlar hamda huquqiy tartibotlarga oid savollariga batafsil javoblar oldilar.
Tadbir yakunida tinglovchilar mahorat darsining amaliy ahamiyatini yuqori baholab, bunday uchrashuvlar bilim va ko‘nikmalarni kengaytirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.