"О‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari" mavzusida mahorat darsi

"О‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari" mavzusida mahorat darsi #GSBE #GraduateSchool #Masterclass #Insurance

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

Sizlarni, "О‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari" mavzusida mahorat darsi uchrashuviga taklif etamiz. Dasturimiz mehmon maruzachisi Xasanov Farrux Ravshanovich.

Mahorat-darsida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

-  O‘zbekiston moliya bozorida sug‘urta tizimining о‘rni;

-  Sug‘urta bozorining hozirgi rivojlanish holati;

-  O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatining huquqiy asoslari tahlili.

Farrux Ravshanovich – “NEO INSURANCE CORP” AJ korporativ boshqaruv bo‘yicha direktori, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Sug‘urta ishi” kafedrasi dotsenti, PhD.

Tadbir o'zbek tilida olib boriladi

Sana: 29-oktabr, 2025-yil

Vaqti: 10:30 - 11:50

Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, (4-qavat, 8-xona)