Yangiliklar
Venchur kompaniyalar va startaplar hamkorlik muloqoti
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekiston venchur fondlari bilan hamkorlikda 30 - oktabr kuni “Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va moliyalashtirish” mavzusida talabalar va venchur fondlar vakillari o‘rtasida muloqot tashkil etmoqda.
Ushbu tadbir doirasida quyidagilrga e’tibor beriladi:
-venchur fondlarining tashkil etilishi, maqsadlari va faoliyat yo‘nalishlari;
-startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmlari;
-moliyalashtirish talablari va shartlari;
-venchur kompaniyalarining startaplarni rivojlantirishdagi o‘rni;
-loyihalarni tanlab olish jarayonida qo‘yiladigan mezonlar;
-talabalar tomonidan startap loyihalar taqdimoti va ular bo‘yicha venchur kompaniyalarning fikr-mulohazalari;
-mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va fikr almashish.
Tadbir o'zbek tilida olib boriladi
Sana: 30-oktabr, 2025-yil
Vaqti: 10:00 - 12:00
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Telefon: +998 71 239 03 27