Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Plug and Play muvaffaqiyatli innovatsion platforma namunasi sifatida. Innovatsiyalar nima uchun zarur?” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

23-10-2025 | 67

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Plug and Play muvaffaqiyatli innovatsion platforma namunasi sifatida. Innovatsiyalar nima uchun zarur?” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Masterclass #Innovation

Mahorat darsining mehmon ma’ruzachisi — “Plug and Play Tech Center” venchur kompaniyasining Germaniyadagi tahlilchisi Yekaterina Rojkova bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar global innovatsion ekotizimning shakllanish jarayonlari, startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda venchur moliyalashtirish sohasidagi xalqaro tajribalar bilan tanishdilar.

Mahorat darsida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi: “Plug and Play” ekotizimining tuzilishi va faoliyat tamoyillari; Yevropadagi venchur moliyalashtirishning dolzarb tendensiyalari; Startap loyihalarni venchur kapital asosida rivojlantirish imkoniyatlari va shart-sharoitlari.

Mazkur mahorat darsi ishtirokchilarga innovatsion yondashuvlarning ahamiyatini anglash, startaplarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda venchur moliyalashtirishning o‘rni haqida chuqurroq tushuncha hosil qilish imkonini berdi.