Yangiliklar
Yevropa boshqaruv va texnologiyalar maktabi (ESMT Berlin) dastur direktori va professori bilan uchrashuv

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Yevropaning yetakchi biznes maktablaridan biri — ESMT Berlin (Yevropa boshqaruv va texnologiyalar maktabi) dasturlar direktori va professori xonim Fransiska Frank bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: ESMT Berlin — Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan bo‘lib dunyodagi eng nufuzli uchta xalqaro AACSB, AMBA, EQUIS hamda FIBAA agentligi аkkreditatsiyalaridan o‘tgan yetakchi biznes maktab hisoblanadi.U 2002-yili Siemens, Bosch, Deutsche Telekom, Lufthansa kabi 25 ta xalqaro kompaniya tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Uchrashuvda Biznes maktabi direktorining o‘rinbosarlari M. Adilov va B. Xolbayev hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tomonlar Germaniyada qisqa muddatli kurslarni tashkil etish, xalqaro professorlar ishtirokida O‘zbekistonda ta’lim dasturlarini o‘tkazish hamda Oliy biznes maktabni xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlashda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.