Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining magistratura bosqichiga 2025/2026-o‘quv yili uchun yozgi qabulning ikkinchi bosqich, test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi:
📍 Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uyda joylashgan O‘zbekiston Milliy universitetining katta sig‘imli sport zali.
📌 Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.
🗓 Sana: 2025-yil 25-avgust⏱ Boshlanish vaqti: 08:00
❗️ Eslatma: Test sinovlariga o‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki pasport) olib kelishni unutmang!