2026-yil 17-noyabr kuni Buxoro va Jizzax viloyatlarida hokim yordamçilari uçun “Loyiha menejeri” yönalişidagi qisqa muddatli malaka oşiriş kurslari boşlandi.

Öquv maşğulotlari Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamkorligida amalga oşirilayotgan respublika miqyosidagi dastur doirasida taşkil etilib, hokim yordamçilarining mahallalar darajasida loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş böyiça amaliy könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan.

Maşğulotlar davomida iştirokçilar mahalliy muammolarni aniqlaş, mikroloyihalarni işlab çiqiş, resurslarni rejalaştiriş hamda loyihalar samaradorligini baholaş vositalarini örganadilar. Bunda mahallalarning real ehtiyojlariga asoslangan amaliy topşiriqlarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Olingan bilim va amaliy könikmalar hokim yordamçilariga mahallalardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etişda loyiha yondaşuvini samarali qöllaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda yangi iş örinlarini yaratişga kömaklaşiş imkonini beradi.