Joriy yilning 16-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovçilari “Xalqaro raqamli biznes” hamda “Loyihalarda raqamli texnologiyalardan foydalaniş” fanlari doirasida “Ermak” kompaniyasiga öquv-amaliy taşrif buyurişdi.

Taşrifdan közlangan asosiy maqsad tinglovçilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş, işlab çiqariş korxonalari faoliyatida xalqaro biznes tamoyillari, raqamli texnologiyalar, zamonaviy marketing strategiyalari va loyihalarni boşqariş usullarining qöllanilişini örganişdan iborat böldi.

Taşrif davomida tinglovçilar kompaniyaning işlab çiqariş faoliyati, biznes jarayonlarini taşkil etiş, mahsulotlarni işlab çiqarişdan tortib, ularni isteʼmolçilarga yetkazib berişgaça bölgan jarayonlar bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, korxona faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalaniş, marketing va savdo strategiyalari, logistika tizimi hamda boşqaruv samaradorligini oşiriş imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot oldilar.

Amaliy maşğulot davomida kompaniya mutaxassislari bilan özaro fikr almaşildi hamda zamonaviy biznes muhitida raqamli transformatsiya, innovatsion yondaşuvlar va loyihalarni samarali boşqariş masalalari muhokama qilindi.

Mazkur öquv-amaliy taşrif tinglovçilarning tegişli fanlar böyiça bilimlarini mustahkamlaş, real biznes jarayonlarini tahlil qiliş hamda kelajakdagi professional faoliyatlari uçun zarur amaliy könikmalarni şakllantirişga xizmat qildi.