IT Park Uzbekistan’ga amaliy tashrif

19-10-2026 | 32

IT Park Uzbekistan’ga amaliy tashrif

#GSBE #GraduateSchool #ITParkUzbekistan #Experience #Study

Amaliy mashg‘ulot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari IT Park Uzbekistan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, IT sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish va startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribani o‘rganish, shuningdek, tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitishdan iborat.

Tashrif davomida ishtirokchilarga IT Park’ning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, startaplarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, IT-loyihalarni amalga oshirish hamda innovatsion infratuzilmadan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bunday amaliy tashriflar tinglovchilarning zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, innovatsion fikrlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi biznes imkoniyatlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.