Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida NNT vakillari uchun malaka oshirish kursi yakunlandi

16-10-2026 | 13

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida NNT vakillari uchun malaka oshirish kursi yakunlandi

#GSBE #GraduateSchool #Trainingcourse #NGO #Collaboration

2026-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakullandi. 

«Ijtimoiy ta’sir va nodavlat notijorat tashkilotlarini boshqarish» mavzusidagi mazkur o‘quv kursi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. «O‘zbekiston - 2030» strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur o‘quv kursi 12-oktabr kuni o‘z ishini boshladi.

O‘quv kursining yakuniy kuni NNTlar faoliyatini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda samarali kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulotlar doirasida NNTlar faoliyatida raqamli texnologiyalar va e-ngo.uz tizimidan foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini joriy etish hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘quv kursi davomida NNT vakillari nodavlat notijorat tashkilotlarini boshqarish sohasidagi bilimlarini kengaytirish,tashkilotlarni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qilish hamda o‘z faoliyatining ijtimoiy samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kurs yakunida ishtirokchilarga malaka oshirish kursini tamomlaganligini tasdiqlovchi sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bunday ta’lim dasturlarini tashkil etish fuqarolik jamiyati institutlarining tashkiliy va boshqaruv salohiyatini mustahkamlash,NNT rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish,shuningdek,ularning ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

O‘zlashtirilgan bilim va egallangan amaliy ko‘nikmalar nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada rivojlantirish,raqamli yechimlarni joriy etish hamda ularning jamiyat bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.