Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi AMBA & BGA vakillari bilan xalqaro akkreditatsiya masalalarini muhokama qildi
15-10-2026 | 23
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida AMBA & BGA xalqaro tashkiloti vakillari - biznes maktablari bilan hamkorlik bo‘yicha direktor Debbi Kemp va a’zolik masalalari bo‘yicha administrator Jorjiya Gerbert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan direktor o‘rinbosari Baхrom Xolbаyev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Oliy biznes maktabning xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishga tayyorgarlik jarayoni, erishilgan natijalar, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq ta’lim dasturlarini takomillashtirish va sifatni ta’minlash tizimini rivojlantirishning ayrim jihatlarini muhokama qildilar. Akkreditatsiyaga tayyorgarlikning keyingi bosqichlari va AMBA & BGA vakillarining tavsiyalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash joizki, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi AMBA tashkiloti a’zosi hisoblanadi. Bu esa xalqaro biznes maktablari hamjamiyati bilan professional aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
AMBA & BGA vakillari Oliy biznes maktabida ta’lim faoliyatini takomillashtirish va sifatni ta’minlash tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, xalqaro akkreditatsiyaga izchil tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidladilar.