Ijtimoiy loyihalar va ularning samaradorligi: NNT vakillari uchun malaka oshirish kursining ikkinchi kunidagi asosiy mavzular

13-10-2026 | 14

Ijtimoiy loyihalar va ularning samaradorligi: NNT vakillari uchun malaka oshirish kursining ikkinchi kunidagi asosiy mavzular

#GSBE #GraduateSchool #Trainingcourse #NGO #Collaboration

Joriy yilning 13-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari uchun «Ijtimoiy ta’sir va notijorat tashkilotlarini boshqarish»  yo‘nalishida tashkil etilgan besh kunlik malaka oshirish kursining ikkinchi kunidagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktor o‘rinbosari B. Xolbayev olib bordi.

Kun davomida ishtirokchilar uchun loyihalarni boshqarish asoslari, ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish, ularni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda samaradorligini baholashga bag‘ishlangan mavzular bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Jumladan, loyihalarni rejalashtirish, maqsad va vazifalarni aniq belgilash, ijtimoiy muammolarni tahlil qilish asosida loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish, resurslardan samarali foydalanish va kutilayotgan natijalarni belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish jarayonini samarali tashkil etish, loyiha faoliyatini muvofiqlashtirish, erishilgan natijalarni tegishli mezonlar asosida baholash hamda loyihalarning ijtimoiy ta’sirini aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur mashg‘ulotlar NNT vakillarining loyiha boshqaruvi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ijtimoiy tashabbuslarni sifatli ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan.