Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari

08-10-2026 | 12

Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari

#GSBE #GraduateSchool #Ecommerce #Study

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Wildberries” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektron tijorat asosida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etmoqda.

 

Seminar doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • marketpleysdagi ilk qadamlarni boshlash: ro‘yxatdan o‘tish, tovarni rasmiylashtirish, ilk buyurtmalar;

  • tovarni xaridorlarga o‘z kuchi bilan yetkazib berish;

  • O‘zbekiston tadbirkorlarini marketpleys orqali savdo qilishda qo‘llab-quvvatlash;

  • tovarlar targ‘iboti va reklamasini yuritish;

  • foyda keltiradigan va zararli tovarlar savdosining o‘ziga xos xususiyatlari;

  • marketpleyslarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan sotuvchilar bilan tajriba almashish.

 

Tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladilar:

  • kichik va o‘rta biznes subyektlari;

  • iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari;

  • hunarmandlar;

  • tarmoq birlashmalari;

  • davlat tashkilotlari vakillari.

 

Sana: 2026-yil 15-oktabr

Vaqti: 10:00

Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, A. Navoiy shoh ko'chasi, 32-uy. (Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi) 

Telefon: +998 99 432-54-67

Ro‘yxatdan o‘tish

Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.