Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida xalqaro ekspert ishtirokida uchrashuv va mahorat darsi tashkil etildi
08-10-2026 | 18
2026-yil 8-oktabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktor o‘rinbosari Baxrom Xolbayev hamda xalqaro ekspert, “Lexyta 5 Inc.” kompaniyasi asoschisi va muhandisi Luv Aggarwal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda zamonaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya va innovatsiyalarning biznes rivojiga ta’siri hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida Luv Aggarwal tomonidan Oliy biznes maktabi tinglovchilari uchun “Texnologik evolyutsiyaning biznesga ta’siri” (Impact of Technological Evolution on Business) mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida sun’iy intellekt, dasturiy injiniring, bulutli texnologiyalar, blokcheyn va katta ma’lumotlar tahlilining zamonaviy biznesdagi o‘rni hamda amaliy imkoniyatlari yoritildi.
Mazkur tashrif tinglovchilarning ilg‘or texnologiyalar haqidagi bilimlarini kengaytirish va xalqaro tajriba almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.