Yangiliklar
Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari
05-10-2026 | 15
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Wildberries” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektron tijorat asosida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etmoqda.
Seminar doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
marketpleysdagi ilk qadamlarni boshlash: ro‘yxatdan o‘tish, tovarni rasmiylashtirish, ilk buyurtmalar;
tovarni xaridorlarga o‘z kuchi bilan yetkazib berish;
O‘zbekiston tadbirkorlarini marketpleys orqali savdo qilishda qo‘llab-quvvatlash;
tovarlar targ‘iboti va reklamasini yuritish;
foyda keltiradigan va zararli tovarlar savdosining o‘ziga xos xususiyatlari;
marketpleyslarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan sotuvchilar bilan tajriba almashish.
Tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladilar:
kichik va o‘rta biznes subyektlari;
iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari;
hunarmandlar;
tarmoq birlashmalari;
davlat tashkilotlari vakillari.
Sana: 2026-yil 13-oktabr
Vaqti: 10:00
Manzil: Namangan shahar, B. Mashrab ko‘chasi, 5-uy. (“Kamoliddin Rahimov” nomidagi 11-sonli musiqa va san’at maktabi)
Telefon: +998 94 525-00-83