Yangiliklar
"Yangi O‘zbekiston" gazetasida Oliy biznes maktabi xodimlarining maqolasi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktor o‘rinbosari Mirkomil Adilov hamda Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish loyiha ofisi rahbari o‘rinbosari Dilfuza Qurbonova muallifligidagi “Bu faqat iqlim masalasi emas. ‘Yashil iqtisodiyot’ni ichki drayverga aylantirish vaqti keldi” sarlavhaldagi maqolasi “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etildi.
"Yashil iqtisodiyotga o‘tish — bu shunchaki ekologik toza texnologiyalarni joriy etish emas. Bu, avvalo, davlat boshqaruvi, biznes va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi boshqaruv madaniyati va yashil ko‘nikmalarni shakllantirish demakdir.”
Maqolada yashil va aylanma iqtisodiyot, shuningdek, barqaror rivojlanish tamoyillarini O‘zbekistonda tatbiq etish borasidagi ilg‘or xalqaro tajribalar va ularni milliy sharoitlarga moslashtirish yo‘nalishlari atroflicha tahlil qilingan.
📁Yashil iqtisodiyot’ni ichki drayverga aylantirish vaqti keldi